Xiaomi kompaniyasi iyun oyida smartfon sotish boʻyicha dunyoda yetakchiga aylandi. Bu haqda Counterpoint tadqiqot kompaniyasi xabar berdi.

Xiaomi smartfonlari sotuvi oʻtgan oylardagiga nisbatan 26% ga oʻsdi. Natijada kompaniyaning dunyo smartfon savdosidagi ulushi 17,1% ni tashkil etdi.

Samsung kompaniyasi 15,7% ulush bilan ikkinchi, Apple 14,3% ulush bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

“Iyun oyida Vetnamdagi Samsung ishlab chiqarish zavodlari COVID-19 pandemiyasining yangi toʻlqini tufayli yopildi. Shu sabab, brend qurilmalari barcha kanallarda tanqislikka uchragan. Xiaomi-ning esa yetakchilik mavqeyini qachongacha ushlab turishini aytish qiyin”, — deydi Counterpoint Research.

Bundan tashqari, Huawei sotuvi pasayishi bilan Xiaomi bu boʻshliqni egallashga qatʼiy harakat qilganligi ta’kidlangan. Kompaniya Xitoy, Yevropa, Afrika hamda Yaqin Sharq bozorlarini egallagan.

Avvalroq Spot Google oʻzining chiplari asosida smartfon ishlab chiqarishi haqida yozgan edi.