Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, respublikada 2021-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 4,6% ga oʻsgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021-yilning:

  • yanvar oyida 93,9 ming tonna;
  • yanvar-fevral oylarida 185,3 ming tonna;
  • yanvar-mart oylarida 291,3 ming tonna;
  • yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna;
  • yanvar-may oylarida 456,2 ming tonnani tashkil etdi.

Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushlar Buxoro viloyati 78,8%, Fargʻona viloyati 21,1% hamda 0,1% bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston yanvar-aprel oylarida $66,4 millionlik benzin import qilganligi haqida yozgan edi.