Ijtimoiy tarmoqlarda UzAvtosavdo ilovasida “Spark” avtomashinasi uchun kontraktatsiya taqdim etish toʻxtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, UzAutoSavdo mobil ilovasi orqali “Chevrolet Spark” avtomobili uchun shartnoma tuzish qayta yoʻlga qoʻyilgan.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, butun dunyo avtomobilsozlik sanoatida kuzatilayotgan global mikrochiplarning tanqisligi sababli, ularning yetkazilib berilish muddatida biroz kechikishlar kuzatilib kelinmoqda.

“Shu sababli, tuzilgan yangi shartnomalar boʻyicha „Spark“ avtomobilini oʻz egalariga yetkazib berish 2022-yilning fevral oyidan boshlanadi”, — deyilgan xabarda.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston eksport qilayotgan yengil avtomobil qariyb $123 millionga oshganligi haqida yozgan edi.