Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati $1mln ga teng boʻlgan 196,4 tonna qahva import qilgan.

Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda $257,6 mingga koʻp.

Mamlakatimizga eng koʻp qahva Rossiyadan kirib kelgan:

  • Rossiya — 57,4 tonna
  • Italiya — 52,6 tonna
  • Braziliya — 34,0 tonna
  • Vyetnam — 22,6 tonna
  • Belorussiya — 13,1 tonna
  • Germaniya — 2,8 tonna
  • Turkiya — 2,7 tonna.

Avvalroq Spot yanvar-iyul oylarida 25,2 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilganligi haqida yozgan edi.