Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida jami faoliyat yuritayotgan 20 442 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 25,2 trln soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda bu koʻrsatgich 6,4% ga oshgan.

Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hududlar kesimida eng yuqori ulush Toshkent shahri (15,7%), Toshkent viloyati (12,9%) va Samarqand viloyatida (11,2%) qayd etilgan.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonda qancha benzin ishlab chiqarilganligi haqida yozgan edi.