Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 40,3 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 mlrd kVt soatga oshgan.

Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmi quyidagichani tashkil etmoqda:

  • Sirdaryo viloyati 22,9%;
  • Toshkent viloyati 22,8%;
  • Qashqadaryo viloyati 19,3%;
  • Navoiy viloyati 15,7%.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonda $6,5 mlrd lik yangi elektr quvvatlar ishga tushirilishi haqida yozgan edi.