Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati $258,3 mln ga teng boʻlgan 12,2 mingta yengil avtomobillar import qilgan.

“Inomarkalar” importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.

Oʻzbekiston eng koʻp import qilgan davlatlar roʻyxati quyidagicha:

  • Xitoy — 3 751 ta
  • Koreya — 3 187 ta
  • Rossiya — 2 589 ta
  • Qozogʻiston — 1 330 ta
  • Polsha — 386 ta
  • Litva — 312 ta
  • Tailand — 250 ta
  • AQSh — 238 ta
  • Germaniya — 70 ta
  • Yaponiya — 56 ta.

Avvalroq Spot 2021-yilning 7 oyida qiymati $7,7 mln ga teng 432 ta elektromobil import qilinganligi haqida yozgan edi.