2022-yil 1-yanvargacha davrda 2020-yil 31-dekabrdagi holatga koʻra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar boʻyicha penya hisoblash choralari koʻrilmaydi:

  • turizm, transport va umumiy ovqatlanish bilan band tadbirkorlarning mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha;
  • 2020-yilda hisoblangan va qiyinchiliklar bilan yuridik shaxslar tomonidan toʻlanmagan ularning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʻi boʻyicha;
  • 2020-yil 15-maydagi holatga koʻra qarzdorligi mavjud boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha.

2021-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davr uchun turoperatorlar, tur agentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:

  • foyda soligʻini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;
  • ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi;
  • yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.

Quyidagilar mol-mulk, yer, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi:

  • Prezident qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “oʻsish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvargacha;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir, Boʻzatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari — 2024 yil 1-yanvargacha. Soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi foyda soligʻini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50% pasaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan aniqlangan roʻyxat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan va ogʻir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2026-yil 1-yanvargacha. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda soligʻidan ham ozod qilinadi.

Avvalroq Spot maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi qoplab berilishi haqida yozgan edi.