Twitter foydalanuvchilariga sevimli mualliflarini bitkoinlar bilan mukofotlash imkoni berildi. Yangi funksiya iOS-ning barcha foydalanuvchilari uchun mavjud va yaqin haftalarda Android-da ham paydo boʻladi, deb yozadi CNBC.

Twitter Strike toʻlov platformasini integratsiya qilmoqda. Foydalanuvchilar pul olish yoki yuborish uchun kripto-hamyonlarining manzillarini koʻrsatishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq pul oʻtkazmalari uchun komissiya olmaydi.

Kompaniya may oyida bu tizimni sinovdan oʻtkazgandi, lekin oʻshanda foydalanuvchilar pullarini Bandcamp, Cash App, Patreon, PayPal yoki Venmo orqali yuborishlari mumkin edi xolos.

Avvalroq Spot Twitter oʻz xizmatlarida bitkoindan foydalanishi mumkinligi haqida yozgan edi.