Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021 yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 46 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 3,8 mlrd kVt soatga oshgan. Oʻsish surʼati 9% ni tashkil etdi.

Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:

  • Toshkent viloyati 23,1%
  • Sirdaryo viloyati 22,7%
  • Qashqadaryo viloyati 19,2%
  • Navoiy viloyati 15,7%.

Avvalroq Spot yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 40,3 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilganligi haqida yozgan edi.