Twitter-ga qoʻshilish haqida startap oʻzining saytida maʼlum qilgan. Tomonlar bitim summasini oshkor etishmadi.

Sphere Nik DʼAloizio tomonidan asos solingan. 2013-yil Nik DʼAlozio Summly yangiliklar ilovasini yaratdi va uni Yahoo-ga $30 mln ga sotgandi.

Financial Times yozishicha, Sphere 2019-yilda $30 mln, 2018-yilda $20 mln va 2017-yilda $11,8 mln yigʻgan.

Twitter TechCrunch xizmatini sotib olganini tasdiqladi. Sphere keyingi oy avtonom dastur ishini yakunlaydi. Startap dastur foydalanuvchilari sonini oshkor qilmadi.

Avvalroq Spot Twitter oʻz platformasiga bitkoinlar oʻtkazmasi xizmatini qoʻshganligi haqida yozgan edi.