Endilikda ushbu yoʻnalishda muntazam avtobus qatnovlari har kuni amalga oshiriladi. Oʻzbekiston tomonidan tashuvchi “Uzautotrans service” korxonasi “YUTONG” rusumli avtobuslarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

Tojikiston tomonidan esa tashuvchi “Xolding Aziya Grupp Tadjikistan” ZAO ga qarashli “VANHOLL” rusumli avtobuslar ushbu yoʻnalishda harakatlanadi.

Toshkentdan Xoʻjandgacha yoʻlkira haqi 100 000 soʻm etib belgilangan.

Avtobuslar soat 09:00 va 18:00 da Toshkent avtovokzalidan joʻnaydi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida avtobus qatnovlari tiklanishi haqida yozgan edi.