“Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ ustav kapitalidagi 56,32% davlat aksiya paketi “Toshkent” fond birjasi orqali ommaviy savdolarga chiqarildi. Bu haqda davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Mazkur aksiya paketi savdolari “bitta lot” tamoyili asosida 2021-yil 16-dekabr kuni “Toshkent” Respublika fond birjasida oʻtkaziladi.

Lot 73 ta bino va inshootlarni oʻz ichiga oladi, uning umumiy maydoni 10,8 gektar, ishlab chiqarish maydoni esa 15208 kv.m ni tashkil etadi.

  • aksiyalar soni: 17 008 225 dona oddiy aksiyalar;
  • boshlangʻich narxi: 81 907 927 163,12 soʻm.

Xabarda aytilishicha, korxona chigit, kungaboqar va masxar urugʻlaridan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Barcha kommunikatsiya tarmoqlariga ega.

Avvalroq “Suvmash” AJ ustav kapitalidagi 47% aksiyalar paketi sotuvga qoʻyilgan edi.