Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati $154,2 mln ga teng boʻlgan 2,2 mln dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln donaga oshgan.

Mobil telefonlar yurtimizga, asosan, 14 ta davlatdan import qilgan, xususan:

  • Xitoy — $79,5 mln;
  • Vyetnam — $60 mln;
  • Hindiston — $7,2 mln;
  • Qozogʻiston — $5,3 mln;
  • BAA — $1,4 mln;
  • Germaniya — $647 ming;
  • Rossiya — $175,8 ming.

Avvalroq Spot 2021-yilning 9 oyi mobaynida Oʻzbekiston xorijdan qiymati $133,2 mln ga teng boʻlgan 1,9 mln dona mobil telefon import qilganligi haqida yozgan edi.