Twitter kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Jek Dorsi lavozimini tark etadi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Bu borada boshqa tafsilotlar keltirilmagan. Kompaniya hozircha mazkur xabarga izoh bermadi.

Dorsi shuningdek, Square kompaniyasining ham asoschisi hisoblanadi. Forbes uning boyligini $11,8 mlrd deb baholagan.

2021-yil uchinchi choragida Twitter $1,28 mlrd daromad koʻrgan boʻlib, buning $1,14 mlrdi reklamadan kelgan.

Kompaniya 2006-yilda tashkil etilgan. U dunyo boʻyicha 35dan ortiq ofisiga ega. 2021-yil aprel holatiga koʻra, kompaniyada 5500dan ortiq kishi mehnat qiladi.

Avvalroq Spot Twitter guruhli muloqot uchun messenjer xarid qilganligi haqida yozgan edi.