2022-yilning 1 yanvaridan boshlab noqonuniy mehnat migrantlari Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda mamlakat IIV maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, bunday shaxslarni ishga jalb etgan ish beruvchilar har bir noqonuniy migrant uchun 800 ming rublgacha jarima toʻlaydi.

“Noqonuniy ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirganlik uchun xorij fuqarolariga jarimadan tashqari (5 ming rublgacha) Rossiyadan chiqarib yuborish va qaytib kirishga taqiq qoʻyish bilan bogʻliq choralar koʻriladi”, — deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada 700 mingdan ortiq MDH fuqarolari noqonuniy ravishda boʻlib turibdi.

Avvalroq Spot mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari uchun moliyaviy savodxonlik loyihasi ishga tushirilgani haqida yozgan edi.