“Uzbekistan Airways” Qozogʻistonga parvozlarni tikladi. Xususan, 2022-yil 15-yanvardan boshlab, quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyiladi:

  • Toshkent — Olmaota — Toshkent,
  • Samarqand — Olmaota — Samarqand,
  • Nukus — Aktobe — Nukus,
  • Urganch — Oqtov — Urganch,
  • Nukus — Oqtov — Nukus,
  • Urganch — Oqtov — Urganch,
  • Nukus — Oqtov — Nukus.

Taʼkidlanishicha, Olmaota xalqaro aeroporti xalqaro qatnovlarni soat 08.00 dan 21.00 gacha (Olmaota vaqti bilan) qabul qiladi. Shu munosabat bilan Toshkent — Olmaota — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY-765/766 qatnovi 16-yanvar kuni bekor qilinadi, mazkur parvoz yoʻlovchilari 17-yanvar kuni Toshkent — Olmaota — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY-763/764 aviaqatnovi orqali manzilga yetkaziladi.

Shuningdek, Olmaota va Aktobe, Oqtov shaharlarida bekor qilingan (2022-yil 7-dan 13-yanvarga qadar) qatnovlar yoʻlovchilari aviachiptaning toʻliq qiymatini xarid qilingan joyda qaytarib olish yoki istalgan boshqa boʻsh sanaga bepul qayta bron qilish huquqiga egadirlar.

Aviakompaniya Qozogʻistonga safar qilishni rejalashtirayotgan yoʻlovchilarga ayrim qoidalar, xususan, qoʻshni davlatga kirishi boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar bilan tanishish kerakligini soʻragan.