Prezident qaroriga koʻra, “Sogʻlom turmush tarzi” platformasidan foydalanuvchilarni ragʻbatlantirish, ularning sonini yanada oshirish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida Davlat byudjetidan 100 mlrd soʻm ajratiladi.

Shuningdek, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari laboratoriyalarini ehtiyojga qarab koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan taʼminlash hamda “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar) byudjetidan 350 mln soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Qarorda tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida 4 turdagi kardiologiya uskunalari mavjudligi yuzasidan xatlov oʻtkazish hamda zarur boʻlgan jihozlarning xaridi uchun respublika byudjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga markazlashgan tartibda ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 60 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq Spot 1hls.uz ilovasi orqali piyoda yurgan oʻzbekistonliklarga qariyb $4 mln toʻlanganligi haqida yozgan edi.