Turizm va sport vazirligining xabar berishicha, 1hls.uz platformasida roʻyxatdan oʻtgan va 18 yoshdan katta boʻlgan oʻzbekistonliklar soni 1 mln 200 mingdan oshgan. Platforma foydalanuvchilari soni 1 mln 209 ming 77 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 757 ming 680 nafari erkaklar, 451 397 nafari esa ayollardir.

Maʼlum qilinishicha, platforma 2021-yilning 10-iyunidan boshlab shu kunga qadar foydalanuvchilariga 43 mlrd 45 mln 953 ming soʻm (taxminan $4 mln) miqdorida mablagʻlar toʻlab berilgan.

Avvalroq, Turizm va sport vazirligining sport yoʻnalishidagi saytida 1hls.uz mobil ilovasi foydalanuvchilariga pul toʻlash vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berilgandi.

Shundan keyin vazirlik “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyati toʻxtalganiga oid xabarlar asossiz ekanligi boʻyicha rasmiy munosabat bergan.

1hls.uz ilovasi nima va qanday qilib undan pul topish haqida ushbu qoʻllanma orqali tanishishingiz mumkin.