2022-yildan boshlab Rossiyaning Oʻzbekiston, Qozogʻiston va yana 14 davlatdagi savdo vakolatxonalarida “raqamli attashelar” paydo boʻladi, deb yozadi “Kommersant” hukumatga tayanib.

Yangi xodimlar Rossiya IT-mahsulotlarini chet elda targʻib qiladi. Shuningdek, ular Rossiyaning IT-kompaniyalariga konsalting va huquqiy yordam koʻrsatadilar.

“Raqamli attasheler” institutini yaratish 2021-yil sentyabr oyida tasdiqlangan Rossiya IT-sanoatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar roʻyxatiga kiritilgan. Birinchi bosqichda ular 16 mamlakatda — yuqoridagilardan tashqari, Germaniya, Hindiston, Eron, Turkiya, BAA va boshqalarda paydo boʻladi.

Bosh vazir oʻrinbosari Dmitriy Chernishenkoning soʻzlariga koʻra, 2024-yil oxirigacha “raqamli attasheler” 28 davlatda ishlaydi. Ular oliy maʼlumotga ega boʻlishi, qabul qiluvchi davlat tilini va savdo sohasidagi qonunchilikni bilishi, shuningdek, IT sohasini tushunishi kerak.

Ishga qabul qilish Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Sanoat va savdo vazirligi va Rossiya axborot texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda “raqamli attasheler” ishi uchun javobgardir.

“Umuman dunyoda IT-ga boʻlgan ehtiyoj ortib bordi, bizning xizmatlar va mahsulotlarimiz rublning qadrsizlanishi tufayli daromadliroq boʻldi”, — dedi “Russoft” rahbari Valentin Makarov.

U bu gʻoyani qoʻllab-quvvatladi, biroq eksport hajmini yiliga 2−3% dan koʻproq oshirish uchun bu bilan biznes vakillari shugʻullanishi kerakligini taʼkidladi. Ish haqiga qoʻshimcha ravishda, ularni sotish foizi bilan ragʻbatlantirish muhim, deya qoʻshimcha qildi Makarov.

“Raqamli attasheler” yuqori texnologiyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi, dedi Raqamli rivojlanishning sobiq vaziri Konstantin Noskov. Shuningdek, ular Rossiya korxonalari ishtirok etishi mumkin boʻlgan IT tashabbuslarini kuzatishi mumkin.