Prezidentning “Toshkent shahar jamoat transport tizimini yanada rivojlantirishga doim qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra, Toshkent shahri markaziy koʻchalarida tirbandlikni, avtotransport oqimini kamaytirish maqsadida yoʻl chetida avtomashinalarning pullik pullik toʻxtash joylari tizimi joriy etiladi.

2022-yilda 10 ta markaziy koʻchalarda davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yoʻlboʻyi pullik toʻxtash joylari tashkil etiladi.

Roʻyxatga Fidokor, Amir Temur, Nukus, Bratislava, Mirobod, Glinka, Avliyoota, T.Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Yakub Kolas koʻchalari kiritilgan.

Avtoturargohlarni yaratish boʻyicha barcha ishlar yil oxirigacha yakunlanishi kerak. Vazirlar Mahkamasiga yoʻl chetidagi avtomatlashtirilgan pullik avtoturargohlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida qaror qabul qilish topshirildi.

Toshkent shahrining magistral koʻchalari — Keles yoʻli, Ahmad Donish, Bogʻishamol, Buyuk ipak yoʻli, Maxtumquli, Fargʻona yoʻli, Lutfiy, Beshqayragʻoch, Koʻkcha darvoza va Beruniy koʻchalaridagi 11 ta avtobus yoʻnalishida alohida yoʻlaklar tashkil etiladi. Joriy yil Ahmad Donish koʻchasida alohida yoʻlak ishga tushiriladi.

Shuningdek, mazkur qarorga koʻra, Toshkentdagi barcha chorrahalarga kamera va fotoradarlar oʻrnatiladi.