Prezident “Toshkent shahar jamoat transport tizimini yanada rivojlantirishga doim qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi"ga koʻra, Toshkent shahrida mavjud barcha chorrahalarni yoʻl harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Bunda, quyidagi amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi:

  • tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda chorrahalarni oʻrganib chiqish;
  • mavjud 605 ta chorrahaning barchasiga zamonaviy maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini oʻrnatish;
  • 494 ta chorrahaga oʻrnatilgan barcha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qurilmalarini yoʻl harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilish.

Shuningdek, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini yangilash va koʻchalarda yoʻl harakatini tashkil etish moʻljallangan.

Bunda quyidagi amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

  • yoʻl harakatini tashkil etishning mavjud texnik vositalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish;
  • birinchi navbatda yetishmaydigan 14 mingta yoʻl belgisini oʻrnatish va eskirgan 15 mingtasini almashtirish, 3 mingta yoʻl belgisini tiklash, 11 mingta yangi yoʻl belgilarini oʻrnatish;
  • shaharning barcha koʻchalariga yoʻl chiziqlarini chizish;
  • 55 ta yangi svetofor qurilmalarini qurish.

Avvalroq Spot Toshkentdagi radar joylashtirish huquqi berilgan hudud boshlangʻich narxidan 437 barobar qimmatroqqa sotilganligi haqida yozgan edi.