Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, Toshkent-Kiyev-Toshkent muntazam qatnovlari bo‘yicha 2022-yilning 27-fevral va 2-mart kunlari rejalashtirilgan parvozlar bekor qilindi.

Qayd etilshicha, bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.

Uzbekistan Airways AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qilishi aytilgan.

Avvalroq, Uzbekistan Airways’ning Rossiyaga parvoz qilgan ayrim samolyotlari ortga qaytayotgani xabar berilgandi.