ABI Research yaqin yillar uchun elektronika bozoridagi holatni bashorat qildi. Turli sohalar, xususan, smartfonlar va tashuvchi qurilmalar koʻrib chiqildi.

Tahlilchilarning fikriga koʻra, oʻn yillikning oxiriga kelib, egiluvchan displey bilan jihozlangan uyali qurilmalar ulushi sezilarli darajada oshadi. Joriy yilda bunday qurilmalarning sezilarli miqdordagi yangi modellari paydo boʻlishi kutilmoqda. 2030-yilga borib esa har oʻninchi smartfon egiluvchan ekranga ega boʻladi. Boshqacha aytganda, bunday gadjetlarning ulushi umumiy savdo hajmida 10%ga yetadi.

Tashuvchi qurilmalar segmenti barqaror ravishda oʻsishi taxmin qilinmoqda — CAGR (bir yillik oʻsish surʼati) koʻrsatkichi 19,7% ga chiqadi. Natijada, 2026-yilga borib bozor hajmi $236,55 mln ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, umumiy savdoda smart-soatlar yetakchilik qiladi.

Bundan tashqari, simsiz audio qurilmalar keskin oʻsishi kutilmoqda. 2021-yil yakuni boʻyicha bunday mahsulotlar yetkazib berish qariyb 502,1 mln donani tashkil etdi. 2026-yilda yuklamalar 723 mln donadan oshadi.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston 2021-yilda xorijdan qiymati $203,1 mln ga teng boʻlgan qariyb 3 mln dona mobil telefon import qilgan.