Qozogʻistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli mamlakat chegarasini kesib oʻtish bilan bogʻliq joriy etilgan cheklovlar olib tashlanadi. Bu haqda Qozogʻiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 11-apreldan boshlab Qozogʻistonning Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Rossiya bilan quruqlikdagi chegara oʻtkazuv punktlarida fuqarolarning chegarani kesib oʻtishiga nisbatan kiritilgan cheklovlar olib tashlanadi.

Shuningdek, Qozogʻistonga aviaqatnovlar orqali kirishga qoʻyilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi.

Shu bilan birga, chegaradan oʻtishda PZR-test manfiy chiqqani yoki koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni koʻrsatish talabi saqlab qolinadi.