Ilon Mask Twitter kompaniyasini sotib olishi haqida oldinroq xabar berilgan edi. U har bir aksiya uchun $54,2 qiymatni taklif etgan. Potensial sarmoyadorlarni qidirgan tadbirkorga nisbatan sudga ariza ham berildi.

Ammo bu haqda Ilon Mask ham Twitter ham izoh bergani yo’q. Kelishuv amalga oshsa Twitter uchun $43 mlrd to’lab berilishi kerak edi. Kompaniya tannarxining qadrsizlanishidan qo’rqqan boshqaruv kengashi a’zolari cheklovchi qaror qabul qildilar.

Ammo biroz vaqt o’tgan Maskning taklifining o’rganishgakelishib oldilar.

Oxir oqibat, Twitter Ilon Mask tomonidan sotib olinadigan bo’ldi. Kelishuv narxi $44 mlrdni tashkil etadi. Shundan $21 mlrd shaxsiy mablag’lar va yana $25,5 mlrd Tesla aksiyalari evaziga Morgan Stanlay bankidan ajratilgan kredit.

Xabarda aytilishicha, tadbirkor Twitterga yangi funksiyalarni: spam botlarni yo’q qilish, barcha uchun ro’yxatdan o’tish imkonini yaratish va boshqalarni joriy etmoqchi.