Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati $49,9 mln ga teng boʻlgan qariyb 700 283 dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 260 878 donaga oshgan.

Oʻzbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan, bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda:

  • Xitoy — 533 704 dona
  • Vyetnam — 92 639 dona
  • Hindiston — 36 698 dona
  • BAA — 33 620 dona
  • Qozogʻiston — 3 518 dona
  • J.Koreya — 86 dona

Oylar kesimida hisoblaganda, mart oyida xarid koʻproq amalga oshirilgan.

  • yanvar oyida — 129 766 dona
  • fevral oyida — 284 461 dona
  • mart oyida — 286 056 dona

Avvalroq Spot uch oyda 455 ta elektromobil import qilinganligi haqida yozgan edi.