“Oʻzbekiston temir yoʻllari"ning xabar berishicha, 2022-yil 4-iyundan 050/049-sonli Buxoro — Xiva — Buxoro yoʻnalishidagi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Qayd etilishicha, poyezd Buxoro shahridan chorshanba, juma va yakshanba kunlari soat 12:14 da yoʻlga chiqadi va Xiva shahriga 18:33 da yetib keladi. Haftaning dushanba, payshanba hamda shanba kunlari soat 08:10 da Xiva temiryoʻl vokzalidan joʻnab ketadi va soat 14:36 da Buxoro temiryoʻl vokzaliga yetib boradi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryoʻl kassalari maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Avvalroq Spot Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishida “Afrosiyob” qatnovi yoʻlga qoʻyilayotgani haqida yozgan edi.