Olgan mutaxassisligim bo’yicha men buxgalter- auditorman. Qachonlardir Jahon bankidan ishlashni orzu qilganman. Keyinroq tushunib yetdimki, men ofisda ishlaydigan xodim emas ekanman.

Yoshligimda kiyimlarni yaxshi ko’rar edim. Amerikada yashagan vaqtlarimda ularni yanada yaxshi ko’rganman. O’zbekistondan qaytgach mamlakatda tekstil sohasining istiqboli borligini ko’rdim.

2006- yilda akam Sherzod Qayumov bilan kiyim ishlab chiqarish bo’yicha birgalikdagi biznesimizni yo’lga qo’ydik. Hozirgi vaqtga kelib men Fratelli Casa (kiyim), PromoWear (korporativ va reklama kiyimi), uzbtextile.com (В2 В tekstil platformasi) va Malevich Consulting kabi loyihalarni boshqaraman.


Kitob o’qishni juda yoqtiraman. Oyida o’rtacha 2 ta kitob o’qiyman. Ular menga ko’plab savollarga javob topishda yordam berishadi.

Muhokama qiladigan bo’lsak, barcha biznes- kitoblar bir-biriga o’xshash. Ularni filtrlab olish juda zarur, yo’qsa “suv” vaqtingizni o’ldirgani qoladi.

Kwyinchalik, tahlil qilib, bizning muvaffaqiyatsizliklarimizning asl sababini tushunib yetdim. Ba’zida o’ylab qolaman, agar biror narsani oldinroq bilganimda vaziyat boshqa tomonga o’zgargan bo’lar edi…

Boshqaruvchi uchun psixologiya, strategiya, marketing, insonlarning hayot yo’llari haqidagi kitoblarni o’qish juda muhim.


1. Raqobatli marketing. Tarmoqlar va raqiblarni tahlil qilish metodikasi. Maykl Porter.

Bu kitobni birinchi navbatda biznes boshqaruvchilari o’qishlarini tavsiya qilgan bo’lar edim. Рекомендую эту книгу в первую очередь руководителям. Aksariyat tadbirkorlar rivojlanish yo’lini tanlashni bilmaydi va ularga biznes strategiyasini aniqlash qiyin bo’ladi.

Kitob sanoatdagi raqobatni aniqlashga, bozorda qanday pozitsiyani egallashni va raqobatchilarga qarshi nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi. Maykl Porter iqtisodiy raqobatda professional. U raqobatchilarning maqsadlarini qanday tushunishni batafsil yoritadi va qulay diagrammalar va ko’rsatmalar orqali strategiyani yaratishni ochib beradi.

Biz uzoq vaqt har xil turdagi kiyim-kechak ishlab chiqarish bilan shug’ullandik. Taraqqiyot strategiyamiz ko’plab xatoliklardan iborat bo’lgan. Kitob bizga to’g’ri yo’lni tanlashga yordam berdi. Natijada biz raqiblardan qo’rqishni to’xtatdik va aniq yo’limizni belgilab oldik.


2. Maqsad. Uzluksiz rivojlanish jarayoni. Eliyaxu Goldratt. Jeff Koks

Bu biznes — qo’llanma birinchi navbatda ishlab chiqaruvchilar uchun foydali bo’ladi. Kitob og’riqli nuqtalarni topishni o’rgatadi. Uning mohiyati. — tinimsiz maqsad qo’yish va tizimdagi mavjud xatolar, kamchiliklarni bartaraf etgan holda unga erishish.

Goldratt tushuntiradiki, agar sizga biznesingiz qanday ketayotgani yoqmasa, unda hammani bir joyga to’plang, bitta maqsadni ishlab chiqing, barcha qiyinchiliklar va to’siqlarni toping, ularni qayta sozlang va hammasini qaytadan qilishga tayyor bo’ling. Chunki sizning haqiqiy maqsadingiz — sizni va biznesingizni kundan-kunga yaxshilaydigan barcha jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirishdir.

Boshliklar ko’pincha xodimlarni qisqartirish orqali ortiqcha ishlab chiqarishni kamaytirishga harakat qilishadi. Goldratt bu yondashuvni noto’g’ri deb hisoblaydi. Aslida esa zaxirani qisqartirgan holda, sotuvchi ko’paytirish kerak.

Kitob bizga bir vaqtning o’zida ishlab chiqarishdagi ichki jarayonlarni rivojlantirishga yordam berdi. Bu nafaqat ishlab chiqaruvchilar uchun, balki mahsulot yoki xizmatni taklif qiladigan barcha uchun foydalidir.



3. Ta’sir etish psixologiyasi. Robert Chaldini

Robert Chaldini bizni ish va shaxsiy munosabatlarga oid ishontirishning oltita tamoyili bilan tanishtiradi. Bizga yaxshilik qilgan odamni, hatto so’ramasa ham, qaytarish istagi paydo bo’ladi. Biz o’zimizga yoqadiganlar bilan kelishishga moyilmiz. Biz obro’liroq suhbatdoshga bo’ysunamiz. Chaldini — bu psixologik hiylalar bo’yicha mutaxassis.

Kitobni o’qib bo’lgach, siz boshqa odamlarga samarali ta’sir qilish va boshqa odamlarning manipulyatsiyasidan himoya qilish bo’yicha ko’rsatmalar olasiz. Men sizga ta’sir qilish vositalari orqali kerakli narsaga erishish va psixologik manipulyatsiyani tan olish uchun uni o’qishni maslahat beraman. Ushbu tamoyillar menga ko’plab muzokaralar, suhbatlar va xodimlar bilan ishlashda yordam beradi.


4. Pozitsiyani belgilash. Aql uchun jang. Jek Traut

Mahsulotining targ’iboti bilan shug’ullanuvchi har qanday biznesmen, qat’iy o’zining pozitsiyasiga ega bo’lishi kerak. Reklama xabari nima uchun inson ongiga moslashtirilganligini va aksincha emasligini bilish uchun o’qishni tavsiya qilaman.

Odamlar tovar nomidan ham ko’ra, pozitsiya konsepsiyasini ko’proq eslab qoladilar. Pozitsiyalashtirish (eng. positioning) — “iste'molchilarning miyasida mahsulot haqidagi aniq tasavvurni hosil qilish jarayoni (ya'ni iste’molchining miyasiga joylashmoq desak ham bo’ladi)” — Jek Traut.

Siz katta reklama byudjetlarini sarflamasdan mahsulotingizni qanday joylashtirishni o’rganasiz va mijozlarga to’g’ri tanlov qilishga yordam berasiz. Ba’zi kiyim ishlab chiqaruvchilari ba’zan qanday narxda sotishni, qanday va qayerda joylashtirishni bilishmaydi.

Kimdir sovg‘a sifatida milliy narsa olmoqchi bo‘lsa, darhol bizning mahsulotimiz ko‘z oldiga kelishini orzu qilganmiz. Orzular asta-sekin amalga oshmoqda.


5. Tasodifsiz tasodif. Omadni qanday boshqarish mumkin. Kristian Bush

E’tibor qilganmisiz, ba’zi insonlar, tezda tanishib osongina suhbatdosh bo’lib olishadi? Netvorking hayotingizni qanday o’zgartirib yuborishi mumkinligini tasavvur ham qilokmaysiz.

Bu kitob tasodifiy vaziyatlar tufayli inson o’z hayotini qanday o’zgartirishi mumkinligi haqidagi aql bovar qilmaydigan hikoyadir. Men uni o’qishni maslahat beraman, chunki u tasodifiy holatlarni qanday qilib birlashtirish va ularni omadga aylantirishni aytib beradi.

Biz ba’zan omad qanchalik yaqin bo’lganini va nimani o’tkazib yuborganimizni ko’ra olmaymiz. Kitob odamlar bilan tasodifiy uchrashuvlardan qanday foydalanish haqida aniq ko’rsatmalar beradi.

Menimcha, birinchi navbatda, yopiq odamlarga maslahat berish kerak. Biznesda kutilmagan paytlardan foydalanib qolish o’z samarasini berishi mumkin.