Ikki yildan so‘ng “Uzbekistan Airways” Toshkent-Tokio-Toshkent xalqaro yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda. Qatnov 2020-yil mart oyida to‘xtatilgan edi.

Parvozlar 4-avgustdan boshlab payshanba kunlari amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan uchish — 22:05 (Toshkent vaqti bilan), Tokioga yetib borish (Tokio vaqti bilan) — juma kuni soat 09:40;
  • Tokiodan uchish — 11:00, Toshkentga yetib kelish — 16:10.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ilgari kompaniya Toshkent-Seul-Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha 1-avgustdan parvozlar sonini oshirishi haqida xabar bergandi.

Aviaqatnovlar haftasiga 5 marta — seshanba, payshanba, juma, yakshanba va dushanba kunlari amalga oshiriladi.