Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati $94,2 mln.ga teng boʻlgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.

Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 294 508 donaga oshgan.

Oʻzbekiston 6 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

  • Xitoy — 1 mln dona;
  • Vyetnam — 137 149 dona;
  • BAA — 94 565 dona;
  • Hindiston — 90 679 dona;
  • Qozogʻiston — 4 109 dona;
  • Koreya — 1 914 dona.

Oylar kesimida telefon importi:

  • yanvar — 129 766 dona;
  • fevral — 284 461 dona;
  • mart — 286 056 dona;
  • aprel — 276 362 dona;
  • may — 124 393 dona;
  • iyun — 229 872 dona.

Avvalroq “Samsung” yangi “Galaxy” smartfonlarining taqdimotini oʻtkazishi haqida xabar berilgandi. Maʼlumotlarga koʻra, “Galaxy Fold 4” va “Galaxy Flip 4” smartfonlarini namoyish qilinishi kutilmoqda.