Chn-Brand” tadqiqot kompaniyasi eng yaxshi smartfon ishlab chiqaruvchilarini e’lon qildi.

Tadqiqot mijozlarning sodiqligi, ularning kompaniya mahsulotlaridan umumiy qoniqishi parametrlari asosida o‘tkazilgan.

Dastlabki uch o‘rinni jami 86, 85 va 83 ball bilan mos ravishda “Apple”, “Huawei” va “Xiaomi” egallagan.

Shu brendlar 2021-yili ham kuchli uchlikga kirgan edi.

Xitoyning “Oppo” brendi to‘rtinchi o‘rinni egallab, kuchli beshlikni “Honor” yakunlab berdi.

Reytingga birinchi marta kirgan “iQOO” va “Redmi” brendlari oltinchi va yettinchi o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

“Vivo” va “Samsung” mos ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni band qildi.


Avvalroq “Spot” Oʻzbekistonga $94 millionlik mobil telefon import qilingani haqida xabar bergandi. Ularning asosiy qismi Xitoydan olib kelingan.