“Skolkovo” Moskva menejment maktabi “Global Shift” grantlar tanlovini e’lon qildi.

Dastur 450 ming rubl ($7400) miqdorida 3 ta grantni taqdim etadi. Tadbirkorlar ushbu tanlovda qatnashib, o‘zlari va bizneslari uchun yangi gorizontlarni ochishlari mumkin.

Kimlar grantga talabgor bo‘lishi mumkin:

  • mahalliy biznesini dunyo miqyosiga olib chiqmoqchi bo‘lganlar;
  • jahon miqyosiga chiqish uchun yechimi borlar;
  • ingliz tilini “upper-intermediate” va undan yuqori darajada biladiganlar.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun topshiriqni bajarish va loyihani hakamlar hay’ati a’zolari — tadbirkorlarga taqdim etish talab etiladi.

Arizalar 10-sentabrga qadar havola orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

"Skolkovo" menejment maktabi 2006-yilda Rossiya va xorijiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan. 2019-yil iyun oyida maktab EQUIS EFMD xalqaro akkreditatsiyasini oldi.


“Spot” avvalroq AKT bo‘yicha mukofot jamg‘armasi $1 mln bo‘lgan prezident sovrini uchun tanlov o‘tkazilishi haqida yozgandi.