Axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun “Urban.Tech Uzbekistan” hakatoni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa 27−29 oktabr kunlari quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

  • Smart City;
  • Social technology;
  • Marketplace;
  • Medicine.

Barcha hududlardan 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lganlar 4 kishidan oshmagan holda jamoaviy shaklda ishtirok etishadi.

Shakllangan jamoalar keyslardan birini tanlashadi va ular bo‘yicha to‘liq ma’lumot olishadi.

Musobaqa yakunida jamoalarning yakuniy taqdimot bo‘lib o‘tadi, tanlov natijalari va g‘oliblar e’lon qilinadi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 200 mln so‘m bo‘lib, har bir yo‘nalishda g‘olib jamoalarga 50 mln so‘mdan beriladi.

Tashkilotchilar: Innovatsiya vazirligi, O‘zbekiston yoshlar akademiyasi, “Astrum IT Academy”.

Arizalar 10-oktabrgacha havola orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.