Avvalroq Boku-Samarqand yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilayotgani haqida xabar berilgandi.

Boku va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lovchi “Azal Airlines” kompaniyasining ilk parvozi joriy yilning 4-oktabr kuni amalga oshirilishi belgilangtan. Bu haqda “Uzbekistan Airports"ning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya saytida keltirilishicha chiptalar narxi 2 mln 167 ming so‘mdan boshlanadi.

Parvozlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin.

Oktabrdan O‘zbekistonga amalga oshiriladigan yangi parvozlar

Joriy yilning 13-oktabridan “Jazeera Airways” aviakompaniyasi Quvayt-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Parvozlar haftada uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, samolyot seshanba, payshanba va shanba kunlari ortga qaytishi belgilangan.

14-oktabrdan Xitoyning “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Urumchi-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiradi.