4-noyabrdan “Red Wings” aviakompaniyasi Toshkentdan Stavropol va Ufaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Parvozlar muntazam ravishda 100 oʻringa moʻljallangan SSJ100 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Toshkent-Stavropol va Toshkent-Ufa yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar haftada bir marta, juma kuni amalga oshiriladi.

Chiptalar flyredwings.com rasmiy veb-saytida yoki aviakompaniyaning mobil ilovasi orqali sotuvga qo’yilgan.

Red Wings” aviakompaniyasi — Rossiyaning eng yirik o‘nta aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, doimiy va charter reyslarda yo’lovchi tashishga ixtisoslashgan.

Bugungi kunda aviatashuvchi Toshkentdan Moskva, Yekaterinburg va Maxachqal’aga parvozlarni amalga oshirmoqda.


“Spot” avvalroq “Azal Airlines” Samarqandga aviaqatnovlarni 4-oktabrdan yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.