Joriy yilning birinchi yarmida Rossiyaga 2021-yilga nisbatan O‘zbekistondan 1,7, Tojikistondan esa 2,1 barobar ko‘p mehnat muhojirlari kirib kelgan. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot banki ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakatdagi pul oʻtkazmalari hajmining oʻsishiga ham mehnat muhojirlari sonining koʻpayishi, shuningdek, rublning dollarga nisbatan mustahkamlangani sabab boʻlgan.

Xabarda keltirilishicha, Rossiyadan Oʻzbekistonga $5,3 mlrd (umumiy oʻtkazmalar hajmining 81%i) yuborilgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 2,4 barobar koʻpdir.

Pul o‘tkazmalarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2021-yildagi 11,7%dan 2022-yil yanvar-iyun oylarida 18,5%gacha oshgan.

Joriy yilning 8 oyi davomida Rossiyadan Armanistonga pul o‘tkazmalari 1,9 mlrd.ni tashkil etib, koʻrsatkich 3,5 barobar o‘sdi. Qozog‘istonda esa bu koʻrsatkich $500 mln.ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 5,4 barobar ko‘paygan.

Qirgʻizistonga oʻtkazmalar esa boshqa davlatlar fonida oʻrtacha (8,2%), rublning dollarga nisbatan oʻsishi (5,1%) darajasida oshib $1,8 mlrd.ni tashkil etdi.

YeOTB tahlilchilariga koʻra, transchegaraviy o‘tkazmalarning tez o‘sishining vaqtinchalik hisoblanadi.

Markaziy bank ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning I yarim yilligida Oʻzbekistonga jami $6,5 mlrd.lik transchegaraviy pul oʻtkazmalari kirib kelgan.