Joriy yilning 11-noyabr kuni “Amity University"da IT-kompaniyalar va startaplar uchun Google SEO bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Spiker — “Puls So‘rov”, “Reputation Management Kings”, “Favorite Words” kabi Rossiya hamda AQShdagi bir nechta kompaniyalar egasi Shavkat Karimov.

Shuningdek, tadbirkor “Microsoft"da qidiruv tizimini optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Uchrashuvda qidiruv tizimlarining qanday ishlashi, “Google” va boshqa qidiruv tizimlarida pozitsiyalarni yaxshilashning samarali va murakkab usullari haqida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, spiker SEO vazifalari bo‘yicha ishtirokchilar bilan savol-javob o‘tkazadi.

Uchrashuv rus va ingliz tillarida olib boriladi, unda ishtirok etish bepul.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “EPAM Uzbekistan” oflayn “Golang” o‘quv dasturini ishga tushirayotgani haqida xabar berilgandi.