Joriy yilning mart oyida Qashqadaryo viloyati tarkibida Ko‘kdala tumani tashkil etilgandi.

2022−2024 yillarda Ko‘kdala tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, hududda sanoat, qishloq xo‘jaligi, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarishni yaxshilash belgilangan.

Dasturda jami 190 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, unga 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ jalb qilinadi.

Shundan 296 mlrd so‘mi davlat budjeti hisobidan, 165 mlrd so‘mi tijorat banklarining krediti hisobidan, 147 mlrd so‘mi xalqaro moliya institutlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, $6,5 mln xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi belgilangan.

Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha tumanda 15 ta loyiha amalga oshirilishi qayd etilgan.

Samarqandda o‘tkazilgan iqtisodiy forum doirasi Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga murojaatnoma yo‘llab, unda mamlakat iqtisodiyotini 2022−2026 yillarda rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishlarga to‘xtalgandi.