“Forbes” nashri 2022-yil uchun Rossiyadagi eng daromadli 30 ta franchayzing reytingini tuzdi.

Reyting franchayzing veb-saytlari ma’lumotlari, ekspert xulosalari va “Forbes” bazasidan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan.

Baholashda bitta savdo nuqtasining o‘rtacha yillik daromadi, ROI (biznesning rentabelligi), o‘zini qoplay olish muddati, 2022-yilning to‘qqiz oyidagi savdo nuqtalarining rentabelligi va o‘sishi hisobga olingan.

Ushbu davr mobaynida reyting ishtirokchilarining franchayzilari 5000 dan ortiq savdo nuqtalarini ochdilar va ularning umumiy soni 29000 taga yetdi.

Kompaniyalar investitsiya miqdori bo‘yicha uchta guruhga bo‘lingan: minimal — 1 mln rublgacha, 1 mlndan 5 mln rublgacha va maksimal 5 mln rubldan ortiq.


Avvalroq “Forbes” jurnali AQShning 400 ta eng boy biznesmenlarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra Ilon Mask birinchi marta “Forbes USA” reytingida roʻyxatda birinchi oʻrinni egalladi.