Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” oddiy aksiyalari “Toshkent” fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritilgani haqida yozgandi.

Shuningdek, “UzAuto Motors” o‘zining birinchi ommaviy taklifi (IPO) uchun obuna kampaniyasini boshlagandi.

Investitsiya vositachisi sifatida avtomobil ishlab chiqaruvchisi “Freedom Broker” boshchiligidagi konsorsiumini jalb qilgan.

Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish 1-dekabrdan boshlanib, 22-dekabrgacha davom etadi.

“UzAuto Motors” yagona aksiyadori 5000:1 formatidagi qimmatli qog’ozlarni birlashtirishni ma’qulladi.

Endilikda konserning ustav kapitali nominal qiymati 5000 so‘m bo‘lgan 270 mln dona aksiyadan iborat.

Ulardan 2,7 mln.dan 13,5 mln.gacha aksiyalar kim oshdi savdosiga qo‘yiladi (avval xabar qilinganidek, 1−5%). Narx diapazonining quyi chegarasi 72 ming 510 so‘m, yuqori chegarasi 81 ming 573 so‘m.

Bundan tashqari, 2023-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchining xorijiy valyutada IPO’si rejalashtirilgan.

Kompaniya tushumlarni ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va boshqa rivojlanish loyihalariga sarflaydi.

“UzAuto Motors” birjaga 2020-yilda kirishni rejalashtirgandi. Bu O‘zbekistondagi uchinchi IPO bo‘ladi. 2018-yildaKvars” shisha zavodi, 2019−2020-yillarda esa Jizzah Plastmassa plastmassa ishlab chiqaruvchisi birjaga chiqdi.


Avvalroq “Spot” joriy yilning uchinchi choragida “UzAuto Motors” kompaniyasining sof tushumi 26,5 trln so‘mni tashkil etgani haqida yozgandi.