“Tutu.ru” chiptalar xizmati 2022-yilda rossiyaliklar uchun eng mashhur xorijiy parvoz yo‘nalishlarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “RBC” nashri.

Unga ko‘ra, joriy yilda mamlakat fuqarolari ko‘pincha Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga parvoz qilgan. Kuchli o‘ntalikka Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston, BAA va Gruziya kiradi.

Joriy yilda Rossiyadan xorijga uchayotgan yo‘lovchilarning eng katta ulushi Tojikiston hissasiga to‘g‘ri kelib (17,22%), ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4,89%ga oshdi.

Ikki tomonlama chipta uchun o‘rtacha chek bir vaqtning o‘zida 11% ga oshdi va bu yil 27,6 ming rublni tashkil etdi.

Top 10 ta eng mashhur yo‘nalishlar orasida chiptalarning o‘rtacha narxi tushib ketganlari ham bor. Bular Qozog‘iston (27%ga — 31 ming rublgacha), Belarus (25%ga — 12,6 ming rublgacha) va O‘zbekiston (11%ga — 28,6 ming rublgacha).

Talabning katta ulushi hanuzgacha ichki yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi (taxminan 86%), lekin ko‘rsatkich o‘tgan yilga (92,6%) nisbatan kamaydi.

“Bunday dinamika qoʻshni davlatlarga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar koʻpaygani, ularning Yevropaga ulushi esa, aksincha, sezilarli darajada kamaygani bilan bogʻliq”, — deyiladi xabarda.

2022-yilda qo‘shni davlatlarga parvozlarga talabning o‘sishi “OneTwoTrip tomonidan” ham qayd etilgan.

“Masalan, Tojikistonga boʻlgan talab toʻrt baravardan koʻproq (2021-yilda buyurtmalar ulushi 2,9%ni tashkil etgan), Qozogʻiston uchun esa besh baravar (2021-yildagi ulushi 1,1%)ga oshgan”, — deya RBK.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, eng ommabop xorijiy yo‘nalish 18,4% ulush bilan Armaniston bo‘ldi, Turkiya (14,6%) va Tojikiston (11,9%).

Birinchi o‘ntalikka Qirg‘iziston (10,9%), O‘zbekiston (6,7%), Qozog‘iston (5,8%), Ozarbayjon (4,7%), Belarus (3,9%), BAA (3,6%) va Tailand (2%) kirdi.


Avvalroq “Spot” o‘n oyda Oʻzbekistonga 395 ming rossiyalik sayohat maqsadida kelgani haqida yozgandi.