Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Iqtisodchi” dam olish oromgohini sotuvga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 32,9 mlrd so‘mni, zakalat puli esa 1,6 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Sotib oluvchi obyekt negizida 3 yulduzli, 3−4 qavatli, 200 xonali mehmonxona hamda yozgi va qishki suzish havzasi faoliyatini tashkil etishi kerak.

Bundan tashqari, $2,5 mln miqdorida investitsiya kiritilishi hamda amalga oshirish muddati 24 oy qilib belgilangan.

Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni 4,51 ga, bino va inshootlarning egallagan umumiy maydoni esa 3973,5 kv.metrdan iborat.

Bundan tashqari, binoda elektr energiyasi va suv majud, biroq gaz va kanalizatsiya tarmog‘i mavjud emas.

Auksion 2023-yilning 12-yanvar kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi hamda arizalarni shu kuni soat 09:00 gacha jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, Surxondaryodagi “Sho‘rtanneftgaz-Tekstil” korxonasining 100% davlat ulushini sotuvga qo‘yilgandi.