Hozir Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi tinglanmoqda. Davlat rahbari 2023-yilni O‘zbekistonda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qildi.

Shuningdek, 2023-yildagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilmoqda. Xususan, keyingi yilda tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, soliq stavkalari turli xil bo‘lib, beshinchi toifaga kiruvchi 20 ta eng og‘ir sharoitli tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1% miqdorida belgilanmoqda.

Mazkur tumanlardagi tadbirkorlar yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1%ini to‘laydi. Yakka tadbirkorlar qat’iy stavkadagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Shu kabi, boshqa toifadagi tumanlarda kreditlarga pasaytirilgan foiz stavkalarini qo‘llash, infratuzilma xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish kabi bir qator yengilliklar beriladi.

“Budjet xarajatlari, aholi va tadbirkorlar oldidagi majburiyatlarimizni qisqartirmagan holda, biznesga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz”, — dedi davlat rahbari.

Murojaatnomani havola orqali ko‘rish mumkin.