“Yamal” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Namangan hamda Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Pulkovo” kompaniyasining matbuot xizmati.

Namanganga parvozlar haftada bir marta shanba kunlari, Urganchga esa payshanba kunlari quyidagigacha jadvalda amalga oshiriladi:

Namangan-Sankt-Peterburg-Namangan yo‘nalishi:

  • Namangandan Sankt-Peterburgga — 19:55;
  • Sankt-Peterburgdan Namanganga uchish — 22:50.

Urganch-Sankt-Peterburg-Urganch yo‘nalishi:

  • Urganchdan Sankt-Peterburgga — 12:35;
  • Sankt-Peterburgdan Urganchga — 14:00.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur aviareyslar Airbus A321 samolyotida amalga oshiriladi.

Sentabr oyida kompaniya Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan Toshkent hamda Namanganga parvozlarni amalga oshirishi ma’lum bo‘lgandi. Xususan, 14-sentabrdan Toshkentga dushanba va chorshanba kunlari, 17-sentabrdan esa shanba kunlari Namanganga parvozlar boshlangan.

Yamal” aviakompaniyasi faoliyatini 1997-yilda boshlagan. Bugungi kunda Rossiyaning G‘arbiy Sibir mintaqasidagi yirik aviatashuvchilardan biri hisoblanadi.