Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Anhor sayli” dam olish oromgohini auksionga qo‘ydi.

Lotning boshlang‘ich bahosi 37 mlrd so‘m, zakalat puli esa 1,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Mazkur oromgohni sotib olgan investor tomonidan amalga oshiriladigan loyiha “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasi direksiyasi bilan kelishiladi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 1,9001 ga, binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni esa 3831,6 kv.metrni tashkil etadi.

Mazkur oromgoh sobiq “Aziz” va “Kazbek” oromgohlari negizida tashkil etilgan. Binoda elektr energiyasi, gaz hamda suv ta’minoti mavjud.

Auksion 2023-yilning 23-yanvar kuni soat 10:00da boshlanadi, arizalar shu kuni soat 09:00gacha qabul qilinadi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, “Aloqabank” Toshkentdagi bosh ofisini sotuvga qo‘ygandi. Binoning boshlang‘ich sotuv narxi 302 mlrd so‘mni tashkil etadi.