Istiqbolli loyihalar bo‘yicha milliy agentligi kriptoaktivlar sohasida ishtirokchilarni maxsus tartibga solish rejimida ro‘yxatga olish tartibini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, “tartibga soluvchi qumdon” rejimi ishtirokchilarga ularning so‘rovlariga muvofiq imtiyozlar va afzalliklar beradi.

Xususan, maxsus rejim ostidagi loyihalar doirasida kripto-aktivlar bilan harakatlar litsenziyalashni talab qilmaydi.

Qumdonda ishtirok etuvchi kompaniya kripto-aktivlar sohasida ishlash uchun ilg‘or, innovatsion yondashuvlarni taklif qilishi, uning offshorda egalari yoki benefitsiarlari bo‘lmasligi kerak.

Maxsus rejim ishtirokchilariga kriptovalyutani to‘lov vositasi sifatida qabul qilish yoki undan foydalanish, shuningdek, anonim kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish yoki yashirin qazib olish taqiqlanadi.

Tartibga soluvchi qumdon a’zosi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun kompaniya Istiqbolli loyihalar bo‘yicha milliy agentligiga maxsus anketa topshirishi kerak.

Yuridik shaxsning nizomi, qumdon rejimida ishlash bo‘yicha biznes-reja, kutilayotgan mijozlar soni va bitimlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak.

Ariza 20 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, bu muddat 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. Shundan so‘ng, agentlik qumdonda ro‘yxatdan o‘tish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Qumdon a’zosi maqomi dastlab 12 oyga beriladi. Kompaniyaning iltimosiga ko‘ra, muddat ikki martagacha, ko‘pi bilan uch yilga uzaytirilishi mumkin.

Har oyda kompaniya “ILMA"ga o‘z faoliyati, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart.

Agentlik alohida huquqiy rejim ishtirokchisi maqomini ham bekor qilishi mumkin:

  • loyihani ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobot berishda noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun;
  • maxsus rejim shartlari va talablari buzilgan taqdirda;
  • loyiha doirasida uchinchi shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bajarilmagan taqdirda;
  • ishtirokchi kompaniya xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda;
  • ishtirokchi kompaniyaning iltimosiga binoan.

Avvalroq “Spot” NAPP kriptovalyuta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonliklarga eslatma bilan chiqgandi.

Xususan, 2023-yildan mamlakat fuqarolari va yuridik shaxslar kripto-aktivlar bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishlari mumkin.