Londonning ICE birjasi maʼlumotlariga koʻra, Yevropada birja gaz narxi 10%dan koʻproqqa tushib, 2021-yil 6-sentabrdan beri birinchi marta har 1000 kub metr uchun $650dan pastladi.

TTF indeksi boʻyicha fevral fyucherslari $728,6 (+0,2%) narxida savdolarni ochgan. Ammo Moskva vaqti bilan 13:07 holatiga koʻra, ularning narxi $652,5ni (-10,3%) tashkil etdi va bir necha daqiqadan keyin ming kubometr uchun $645,1ga (-11,3%) tushib ketdi.

Yevropada birja gaz narxi 2021-yil 10-sentabrdan beri birinchi marta 5-yanvarda ming kub metr uchun $700dan pastga tushdi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, Yevropa birjasida gaz narxining pasayishi havoning isishi va shamoldan energiya ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan bog‘liq.

Yevropada gaz narxi 2021-yilning bahorida sezilarli darajada oshdi. Oʻsha paytda gaz narxi 1000 kub metr uchun $250−300 oraligʻida oʻzgarib turardi, yoz oxiriga kelib ular $600dan, kuzda esa $1000dan oshdi.

2022-yil qishida narxlar 1000 kub metr uchun $2000 chegarasidan o‘tdi va erta bahorda Rossiya energiya resurslari importiga taqiq qo‘yilishidan qo‘rqib, rekord darajaga — 1000 kub metr uchun $3892ga yetdi.

25-avgustda Yevropada gazning birja narxi 8-martdan beri $3200 dan oshgandi. Avgust oyi oxiridan gaz narxi yana pastlay boshladi.

Yevropada gaz narxi iyun oyidan beri birinchi marta 18-oktabrda $1200 dan pastlagandi. Keyinchalik oy oxirida narx $1000 dan pastlab, $953 ga baholangandi.

Gaz narxi 27-dekabrda 2022-yil 13-iyundan beri birinchi marta $900dan pastga tushganidan keyin, 10 oy ichida birinchi marta 30-dekabrda 1000 kub metr uchun $800dan pastga tushdi.