Andijondagi “Digital City” texnoparki ayol-qizlar uchun IT bo‘yicha “Digital Girls” loyihasiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda Frontend, Backend, UX/UI, 3D dizayn, Grafik dizayn, SMM, BPO (logistika), HR (IT rekruting) kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarga bepul ishtirok etish mumkin.

Ta’kidlanishicha, yil davomida 300 nafar qiz mazkur loyiha orqali IT bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:

  • individual va jamoaviy murabbiy/ustoz;
  • olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
  • bepul mahorat darslari, treninglar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar;
  • jamoada ishlashni o‘rganish;
  • “Freelance"da ishlashni o‘rganish.

Loyihada ishtirok etish uchun ikkita bosqichdan, ya’ni so‘rovnoma va imtihondan o‘tish kerak.

Arizalarni joriy yilning 24-fevraligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq, “Technovation Girls-2023” xalqaro texnologik tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.