Headhunting va karyera konsalting bo‘yicha mutaxassis Alyona Vladimirskaya O‘zbekistonda “Ustoz” loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, ishtirokchilarga karyerani oshirish bo‘yicha yordam beriladi.

O‘zbekistondagi yirik biznes vakillaridan maslahatlar olish mumkin. Mentorlar orasida “UzAutoMotors”, “Volkswagen Uzbekistan”, “LUKOIL”, “Magnum”, “Click”, “Golden House”, “Korzinka”, “Uzbtextile” va boshqa kompaniyalarning mutaxassis va menejerlari bor.

Loyihaga ikki bosqich asosida qabul qilinadi: rezyume bo‘yicha tanlov va keyin HR mutaxassislari bilan kirish suhbati.

Unda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javib berish kerak:

  • 30 yoshdan oshmagan;
  • oliy ma’lumotli;
  • kamida bir yillik ish tajribasiga ega (o‘qish bilan birga);
  • ingliz tilini yaxshi bilish;
  • O‘zbekistonda doimiy yashash va ishlash niyatida bo‘lish.

Loyiha doirasidagi mashg‘ulotlar o‘zbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi. Bundan tashqari, talabalar eksklyuziv bo‘sh ish o‘rinlariga ega bo‘lishadi.

“Ustoz"da ishtirok etish uchun arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Alyona Vladimirskaya HR sohasi bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega. Xususan, “Mail.ru Group"ning kadrlar bilan ishlovchi sobiq xodimi, “Alena Vladimirskayaning karyera laboratoriyalari” asoschisi hisoblanadi.

2022-yilda u “Spot” bilan suhbatda O‘zbekistonga qanday xorijlik mutaxassislar kerak va nima uchun mahalliy kadrlarni rivojlantirish muhimligi haqida gapirib bergandi.